14-noyabr kuni soat 16:57 da O‘zbekiston hududida epitsentri Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila episentri Qirg‘izistonning O‘sh shahrida bo‘lib, magnitudasi 3,7 ballni, kuchi 4 ballni tashkil etgan. O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Qo‘rg‘ontepa tumani: 2-3 ball, 23 km.
- Xonobod tumani: 2-3 ball, 23 km.
- Xo‘jaobod tumani: 2 ball, 33 km.
- Jalaquduq tumani: 2 ball, 36 km.
Zilzila episentri Toshkentdan 328 km janubiy-sharqda


















