Mangal Fest`dagi mushtlashuv ishtirokchilariga besh sutkadan qamoq jazosi tayinlandi
Ayblanuvchilardan birining aytishicha, janjal kichik tushunmovchilik tufayli kelib chiqqan va ularning bir-biriga da’vosi yo‘q.

Toshkentda Mangal Fest festivalida mushtlashuv ishtirokchilari jazolandi, deb xabar bermoqda Millar.
Ishtirokchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, mushtlashuv kichik janjal tufayli tanishlar bilan sodir bo‘lgan.
“Biz tanishlarimiz bilan gaplashdik va tushunmovchilik chiqib, bahsga aylandi. To‘g‘risini aytganda, buning alohida sababi yo‘q edi. Tanishlarimiz bo‘lgan yigitlar bilan janjal chiqdi. Mushtlashuv bo‘lgani yo‘q. Bir-birimizga e’tirozimiz yo‘q, jarohatlar ham yo‘q. Bo‘lgan voqeadan juda afsusdamiz”, — dedi u.
Sud 6 nafar huquqbuzarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybdor deb topdi. Ularning har biriga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, voqea Mangal Fest tadbiri vaqtida yuz bergan. Fuqarolar o‘rtasidagi kichik janjal mushtlashuvga aylangandi. Ma’lum qilinishicha, maydonchada go‘shtli taomlar va musiqadan tashqari, ko‘plab pivo turlari ham namoyish etilgan.
Izohlar