Hodisa

Farg‘onada chiqindi tashish uchun fuqarolardan ikki milliard so‘mdan ortiq pul noqonuniy undirildi

Iste’molchilardan amalga oshirilmagan xizmat uchun pul olingan.

Farg‘ona viloyatida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi sanitar tozalash korxonalariga fuqarolarga 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni qaytarish majburiyatini yukladi.

Qo‘mita chiqindilarni tashish bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha shikoyatlar ko‘payganini payqadi. Quva tumanidan kelgan o‘ndan ortiq murojaatlar tahlil qilinganda, xonadonlardagi chiqindilar grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotgani, xizmatlar uchun to‘lovlar aholi soniga mos emasligi aniqlandi. Bir holatda ikki kishi yashaydigan xonadondan chiqindi olib chiqib ketilmagan. Shu bilan birga, kvitansiyada ularga besh kishi uchun to‘lov hisoblangan.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi Tozalik Sanitar Servis korxonasi yangi narxlar joriy etilishi haqida fuqarolarni o‘z vaqtida xabardor qilmagani ma’lum bo‘ldi. Yuqori tarif qo‘llanilishi natijasida Quva tuman filiali tomonidan iste’molchilarga qo‘shimcha 264 mln so‘mga yaqin, Farg‘ona filiali tomonidan 17 mln so‘m qo‘shimcha hisoblangan.

Keyinchalik Qo‘mita Quva tumanidagi “Baynalminal”, “Jaloyir”, “Iftixor”, “Katta Qashqar”, “Mustaqillik”, “Namuna”, “So‘fi” mahallalarida ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 1,7 mlrd so‘mdan ortiq hisoblangan mablag‘larni aniqladi.

Mavzuga doir: Toshkent chiqindilarni qanday tartibga keltirmoqda: bakdan poligongacha Raqamli platforma har bir kg chiqindi qayerga ketgani va unga kim javobgarligini kuzatish imkonini beradi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная