Farg‘ona viloyatida bojxona bojini to‘lamasdan guruch sotish jinoiy sxemasi fosh etildi, deb xabar bermoqda DBQ matbuot xizmati.
2-noyabr kuni Toshkent viloyatidagi “Najimov” chegara bojxona posti orqali 50 tonna krupa-sechka ortilgan ikkita yuk mashinasi mamlakatga kirib keldi. Hujjatlarga ko‘ra, transport vositalari O‘zbekiston hududi orqali tranzit o‘tib, Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punkti orqali qo‘shni davlatga chiqib ketishi kerak edi.
Biroq haydovchilar belgilangan manzilga emas, Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi xususiy omborxonalardan biriga yo‘l olgan. Ma’lum bo‘lishicha, u yerda barcha yuklar tushirilib, sotib yuborilgan. Shu bilan birga, tirkamalardagi plombalarga tegilmagan.
Keyinroq jinoyatchilar Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi omborxonalardan birida bo‘shagan yuk mashinasiga yuqori bojxona stavkalari belgilangan 50 tonna mahalliy “lazer” navli guruchni yuklayotgan paytda qo‘lga olindi.
Yuk egalari respublika hududidan noqonuniy ravishda guruch olib chiqish bo‘yicha soxta tranzit operatsiyasini amalga oshirib, 500 mln so‘mlik bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochishga uringan. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy bahosi 2,1 mlrd so‘m bo‘lgan 50 tonna guruch, 50 tonna yorma (seka) va 2 ta yuk avtotransport vositasi olib qo‘yildi. Tergov harakatlari davom etmoqda,» – deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent aeroportida kontrabandachi o‘zini ziyoratchiga solib, dori-darmon olib kirgan edi. Erkakning fikricha, huquq-tartibot idoralari Umradan kelgan fuqarolarni tekshirmayapti.





















