Hodisa

Daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari ko‘paygani uchun Ekologiya vazirligi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi

Ekopartiya a’zosi Gulchehra Tojiboyeva o‘nlab o‘simliklarning kesilishi sababi haqida ma’lumot berishni talab qilmoqda.

Deputat va Ekopartiya a’zosi Gulchehra Tojiboyeva daraxtlarni noqonuniy kesish holatlari ko‘payib borayotgani yuzasidan Ekologiya vazirligi rahbari Aziz Abduhakimovga deputatlik so‘rovi yubordi.

Deputatning ma’lum qilishicha, Toshkent shahri Olmazor tumani Abdulla Qodiriy va Sebzor ko‘chalari atrofidagi daraxtlar parvarishga muhtojligi, ayrimlari kesib tashlangani, agrotexnik tadbirlar yetarli darajada o‘tkazilmagani, kesish ishlari o‘z vaqtida bajarilmagani oqibatida daraxtlarning kasallikka chalinish va qurib qolish ehtimoli ortgan.

Shuningdek, tekshiruv davomida so‘nggi 2-3 oy davomida kesilgan 20 dan ortiq daraxt bo‘yicha tegishli hujjatlar taqdim etilmagani ma’lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan deputat, Ekopartiya a’zosi Gulchehra Tojiboyeva Ekologiya vazirligi rahbari Aziz Abduhakimovga deputatlik so‘rovi yubordi.

Deputat ko‘rsatilgan manzildagi manzarali daraxtlarni hisobga olish holati, so‘nggi 2-3 oyda 20 dan ortiq daraxtlarning kesilishi sabablari hamda ushbu holat yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilgani haqida ma’lumot so‘radi.

“Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, ularni aniqlash va samarali choralar ko‘rgan holda bartaraf etish vazirlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi”, — dedi deputat.

Mavzuga doir: Mojarolar, daraxtlar kesilishi va sudlar: Toshkentda mahalla markazlari qurilishi aholining ommaviy noroziligiga sabab bo‘lmoqda Turar-joy hududida ko‘p qavatli mahalla markazining navbatdagi qurilishi yana bir sud jarayoniga aylanishi mumkin, quruvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri daraxtlarni kesish, jarima to‘lash va loyihani qurishni davom ettirish niyatini ko‘rsatadi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная