Hodisa

Chorvoqda yana o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi — video

Mutaxassislar voqea joyiga yetib kelib, olovni o‘chirishga kirishgan.

31-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi tog‘larda o‘rmon yonayotgani haqida xabar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqea yuzasidan izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in haqidagi xabar soat 13:00 da kelib tushgan. Bo‘stonliq tumani “Burchmulla” MFY hududidagi “Burchmulla” o‘rmon xo‘jaligiga qarashli yonbag‘irda quruq o‘tlar yongan. Voqea joyida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari va o‘rmon xo‘jaligi xodimlari ishlamoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda sintepon ishlab chiqaruvchi fabrikada yong‘in sodir bo‘lgandi. Voqea joyiga poytaxt FVB rahbariyati va mutasaddi tashkilotlar vakillari yetib borgan.

Асия Мамадиярова
Редактор «NOVA24»

Izohlar

Mavzuga oid

Главная