Andijon viloyati YHXB matbuot xizmati xabar berishicha, viloyatda ijtimoiy tarmoqlarda YHX xodimlarini haqorat qilgan yigit 7 sutkaga qamoqqa olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tartib posbonlari Instagram ijtimoiy tarmog‘ida yo‘l-patrul xizmati xodimlariga nisbatan salbiy fikr bildirgan gumonlanuvchining shaxsini aniqlagan. Sudda erkak o‘z aybini tan oldi va boshqa bunday qilmaslikka va’da berdi.

Natijada Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtaobod tuman sudi barcha dalillarni o‘rganib chiqib, fuqaroni Jinoyat kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan aybdor deb topdi va unga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Avvalroq Toshkentda blogerlar hayp uchun piyodalar zinapoyasida avtomobilda sayr qilgani haqida xabar berilgan edi. Ular Lacetti`ni Mercedes-Benz`ning ehtiyot qismlari bilan jihozlagan va shu tariqa mashinani sinovdan o‘tkazishga qaror qilgan.