Andijon viloyatida 28-noyabr kuni ko‘p qavatli uylardan birida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda viloyat FVB matbuot xizmati.
Yong‘in haqida qutqaruvchilarga soat 00:07 da 112 tizimi orqali xabar kelib tushgan. Andijon shahar Iqbol mahallasi Boburshoh ko‘chasida joylashgan qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uylardan biri yonib ketdi. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 00:16 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 00:20 da qurshab olingan va soat 00:50 da to‘liq bartaraf etilgan.
O‘t o‘chiruvchilarning professionalligi tufayli yong‘inning qo‘shni uylarga tarqalishiga yo‘l qo‘yilmadi. Yong‘in natijasida qurilishi tugallanmagan binoning tomi shikastlangan. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda BYD avtomobili yo‘ldan chiqib ketib, yonib ketgandi. Haydovchi katta tezlikda xavfli manyovrlar qilgan va boshqaruvni yo‘qotgan.





















