Andijon viloyatida mast xaridor do‘kon egasi bilan janjallashdi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Voqea 27-iyul kuni Marhamat tumani “O‘zbekiston” mahallasidagi savdo do‘konida sodir bo‘lgan. Mast tashrif buyuruvchi va sotuvchi o‘rtasida dahanaki jang bo‘lib, keyinchalik janjalga aylangan. Sud-tibbiy ekspertizasi ishtirokchilardan biri sog‘lig‘iga zarar yetkazmagan holda yengil tan jarohati olgani, ikkinchisida hech qanday jarohat yo‘qligini ko‘rsatdi.
“Ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror tergovga qadar tekshiruv natijalariga ko‘ra qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda bo‘lib o‘tgan Mangal Fest festivalidagi mushtlashuv ishtirokchilariga besh sutkadan qamoq jazosi tayinlangandi. Ayblanuvchilardan birining aytishicha, janjal kichik tushunmovchilik tufayli kelib chiqqan va ularning bir-biriga da’vosi yo‘q.




















