Hodisa

Andijonda erkak xotinini ko‘chada pichoqlab, qochib ketdi

Bosh prokuratura erkakni qidirmoqda, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

4-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ayol kishining jasadi topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura hodisaga izoh berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qotillik Andijonda sodir etilgan. Er-xotin o‘rtasida nizo kelib chiqqan va erkak qasddan xotinini o‘ldirgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 15 yildan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Huquq-tartibot idoralari jinoyatchini qidirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatida erkak yosh xotinini urib o‘ldirgandi. Ayol komaga tushib, bir haftadan so‘ng vafot etgan. Erkak Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) 8-qismi “b” va “g” bandlari bilan aybdor deb topilib, unga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Izohlar

Mavzuga oid

Главная