Rossiyada o‘zbekistonlik voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qildi
Qizcha to sog‘lig‘i yomonlashmaguncha aloqa haqida og‘iz ochmagan.

Rossiyada voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lganlikda ayblangan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi, deya xabar berdi Tula viloyati sudlari va SDB matbuot xizmati.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 2025-yilning may oyida sodir bo‘lgan. Erkak Tulada taksi haydovchisi bo‘lib ishlagan. Ish smenalaridan birida erkak voyaga yetmagan yo‘lovchini olib ketayotgan bo‘lgan va suhbat davomida unga tunash uchun kvartira ijaraga olishni taklif qilgan. Qiz rozi bo‘ldi va erkak uning roziligi bilan bir necha marta u bilan jinsiy aloqa qildi.
Voyaga yetmagan qiz bo‘lgan voqeani qarindoshlaridan yashirgan va sog‘lig‘i yomonlashganidan keyingina aytib bergan. Sudda erkak o‘z aybini to‘liq tan oldi. U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 134-moddasi 1-qismida (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxs tomonidan sodir etilgan) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 400 soatlik majburiy mehnat jazosi tayinlangan.
Avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik voyaga yetmagan qizni o‘g‘irlab ketib, zo‘rlagani haqida xabar berilgandi. Erkak 16 yilga qamalgan va 300 ming rubl tovon puli to‘lashga majbur bo‘lgan.
Izohlar