Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlar tomni ta’mirlash bo‘yicha tortishuv tufayli qurilishda janjallashdi
Huquq-tartibot idoralari ish bo‘yicha ayblanuvchilarni qo‘lga olib, ularga ayblov e’lon qilgan va hibsga olgan.

Rossiyada mehnat muhojirlari qurilish maydonlaridan birida ommaviy mushtlashuv uyushtirdi, huquq-tartibot idoralari xodimlari ish qo‘zg‘atib, ayblanuvchilarni hibsga oldi, deb xabar bermoqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Voqea 16-sentyabr kuni Sankt-Peterburgdagi Ligovskiy prospektidagi 44-uy hovlisida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan bir guruh erkaklar tomni ta’mirlash va qurilish materiallarini qo‘llashda kelishmovchiliklar tufayli og‘zaki janjalga kirishdi. Shundan so‘ng, erkaklar maydonda armatura va yog‘och tayoqlardan foydalangan holda janjalni jismoniy yo‘l bilan hal qilishni davom ettirdi.
Voqea joyiga tartib posbonlari yetib kelishdi. Qo‘lga olish chog‘ida mojaro ishtirokchilaridan biri avtomobilda qochishga uringan va huquq-tartibot xodimlaridan birini urib yuborgan, natijada erkak jarohat olgan. Biroq erkakning rejasi amalga oshmadi, tartib posbonlari uni bir necha daqiqadan so‘ng qo‘lga olishdi.
Natijada huquq-tartibot idoralari xodimlari Markaziy Osiyoning uchta davlatidan 11 nafar fuqaro va bir nafar 44 yoshli mahalliy fuqaroni barcha tafsilotlarni aniqlash uchun bo‘limga olib kelishdi. Ulardan sakkiz nafari migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun, to‘rt nafari, jumladan, mahalliy fuqaro mayda bezorilik uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, qo‘shimcha tekshiruv davomida huquq-tartibot idoralari hodisaga aloqador bo‘lgan 20-50 yoshlardagi yana 7 nafar gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Ulardan ikki nafari migratsiya qonunchiligini buzganlik uchun, qolganlari esa mayda bezorilik uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Avvalroq Murinoda o‘zbekistonlik migrant qizchani o‘pishga urinib, uni o‘rmonga olib ketishga uringani haqida xabar berilgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak mamlakat hududida ro‘yxatdan o‘tmagan, qurilishda g‘isht teruvchi bo‘lib ishlaydi va o‘sha yerda yashaydi.
Izohlar