Moskva Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi — Rossiya TIV
Lavrovning taklifi bilan Putin qaror qabul qildi.

3-iyul kuni Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi, deb yozadi “TASS” Rossiya TIVga tayanib.
Tolibon tomonidan o‘rnatilgan Afg‘oniston bayrog‘i birinchi marta Moskvadagi elchixona tepasiga o‘rnatildi. 2-iyul kuni Afg‘onistonning Rossiyadagi yangi elchisi Gul Hasan o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.
Afg‘onistonni tan olish to‘g‘risidagi qaror Lavrovning taklifi bilan Putin tomonidan qabul qilingan, bu Moskvaning muloqot o‘rnatishga intilishini ko‘rsatadi, dedi Rossiyaning Kobuldagi elchisi.
Afg‘oniston TIV yangi elchining akkreditatsiyasi Rossiya bilan hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam ekanini ma’lum qildi.
Izohlar