Ozarbayjondan O‘zbekistonga firibgarlikda ayblangan vatandosh ekstraditsiya qilindi, deb xabar bermoqda mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 38 yoshli ayol firibgarlik va hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanib, qidiruvga berilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari uni qo‘lga oldi.

O‘zbekistonning so‘rovidan so‘ng mamlakat rasmiylari huquqbuzarni ekstraditsiya qilishga rozi bo‘ldi. Ozarbayjon tartib posbonlari qo‘lga olingan ayolni maxsus konvoy hamrohligida O‘zbekiston vakolatli organlariga topshirgan.

Avvalroq Ummondan odam savdosida ayblangan fuqaro O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabar berilgandi. Ayol Toshkent ayeroportida o‘zbekistonlik huquq-tartibot xodimlariga topshirildi.