AQSH Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara to‘qnashuvlarini to‘xtatish uchun “Tolibon” bilan bog‘landi, deb xabar bermoqda Tasnim News.
“Tolibon” vakili Zabihulla Mujohid AQSH Pokiston bilan chegaradagi to‘qnashuvlarni to‘xtatish uchun aloqalar o‘rnatganini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, to‘qnashuv qisqa bo‘lgan va buyuk davlatlarning vositachiligiga ehtiyoj bo‘lmagan.
Qatar va boshqa bir qator davlatlar vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi o‘rnatildi va to‘qnashuvlar to‘xtatildi. Mujohid ushbu davrda Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlagan davlatlarga minnatdorchilik bildirdi, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari hamkorligini kuchaytirishni taklif qilgan edi. Prezident Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratdi.























