Afg‘onistonda dahshatli YTH sodir bo‘ldi, unda 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Avtobus haydovchisining tezlikni oshirishi va ehtiyotsizligi oqibatida avariya sodir bo‘lgan.

Afg‘onistonda dahshatli yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, unda 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi, ular orasida o‘ndan ortiq bola ham bor, deb xabar bermoqda Reuters.
Viloyat ma’muriyati vakili Ahmadullo Muttaqiyning ma’lum qilishicha, avariya 19 avgust kuni Afg‘onistonning Hirot viloyatida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv avtobus, mototsikl va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan, oqibatda 71 kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida 17 nafar bola bor.
Al Jazeera xabariga ko‘ra, avtobusda yaqinda Erondan deportatsiya qilingan qochqinlar bo‘lgan. Jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar va avariya tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Hirot viloyati politsiyasining ma’lum qilishicha, avariyaga avtobus haydovchisining tezlikni oshirishi va ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, toliblar Rossiya, AQSH va Xitoyga Afg‘oniston uchun kurashishni taklif qilgandi. Afg‘oniston mudofaa vaziri mamlakatlar qurilish va energetikaga sarmoya kiritish bo‘yicha raqobatlashishi kerakligini aytdi.
Izohlar