O‘zbekistonda elektromobil importi 2024-yilga nisbatan 2,5 barobarga oshdi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga 16 ta xorijiy davlatdan qiymati 473 mln dollarga teng bo‘lgan 40 345 ta elektromobil import qilingan. Import hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24 140 taga, ya’ni qariyb 2,5 barobarga oshgan.
Ushbu davrda O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobillar yetkazib berilgan:
- Xitoy – 39 798 dona;
- Gonkong – 249 dona;
- Janubiy Koreya – 165 dona;
- Germaniya – 43 dona;
- AQSH – 25 dona;
- Boshqalar – 65 dona.
Avvalroq o‘zbekistonliklar chet el avtomobillarini kamroq xarid qilayotgani haqida xabar berilgandi. Shu bilan birga, elektromobillar savdosi sezilarli darajada oshdi.























