AQShda oʻzbekistonlik erkak 4 nafar qarindoshini oʻldirganlikda ayblanmoqda
Nyu-Yorkning Bruklin shahrida 24 yoshli oʻzbekistonlik erkak oilasining toʻrt nafar aʼzosi — oʻz onasi, akasining rafiqasi va ularning ikki kichik farzandini oʻldirganlikda gumonlanib qoʻlga olindi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea 19-iyul kuni Nyu-Yorkning Bruklin shahridagi uylarning birida sodir boʻlgan. Qurbonlar Mavluda Fayziyeva (56 yosh), Maftuna Hakimova (27 yosh), shuningdek, Kamila Shavkatova (5) va Timur Shavkatov (4) ekani aniqlangan. Juma kuni kechqurun ularning jasadlari pichoqlangan holda topilgan.
Oʻsha kuni tunda gumonlanuvchining akasi uyga kelganida, xonadon ichida xotini, ikki yosh bolasi va onasini pichoq bilan jarohatlangan holda koʻrgan, soʻngra politsiyaga qoʻngʻiroq qilgan.
The New York Post nashrining yozishicha, gumondor onasining jasadini koʻrpaga oʻrab, bolalarning jasadlarini esa kir yuvish savatiga solib, shkafga yashirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, oila AQShga 2007-yilda kelgan. Ular so‘nggi 10 yil davomida Bruklindagi xonadonda yashagan.
The New York Post nashri gumonlanuvchi ruhiy kasal bo‘lishi mumkinligini qayd yetgan. Qo‘shnilar uni tanigan, biroq ularning aytishicha, oilasi uni ko‘chaga chiqishga tez-tez ruxsat bermagan. Shuningdek, ular erkakni giyohvand moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Мавзуга оид хабарлар:
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan ona-bola Oʻzbekistonga olib kelindi Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik erkak deportatsiya qilindi Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi Rossiyada o‘zbekistonlik erkakning o‘limiga sababchi bo‘lgan politsiyachilar sudlanadi O‘zbekistonliklar o‘qish maqsadida asosan qaysi davlatga bormoqda?