Toshkentning bir tumanidagi yuzlab uylar gazsiz qoladi — manzillar
Mutaxassislar kechgacha ta’minotni tiklaydi.

8-may kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi ayrim joylarda gaz uzilib qoldi, deb xabar berdi “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati.
Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradi. Shu munosabat bilan soat 10:00 dan 18:00 ga qadar mahallalarga tabiiy gaz berish vaqtincha to‘xtatiladi:
- “Nomdanak”, 700 ta mahalliy xonadon, ulgurji xaridorlar: 8.
Ta’mirlash ishlari tugallangach, tabiiy gaz ta’minoti tiklanadi. Gaz taʼminoti korxonasi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻradi.
Shuningdek o‘qing: Elektr va gaz tariflari, bojsiz olib kirish va qayta ishlash to‘lovi: 1-maydan o‘zbeklarni nima kutmoqda? NOVA24 tahririyati mamlakatdagi eng muhim o’zgarishlarni esladi.
Izohlar