Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Yo‘nalishda zamonaviy turistik avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

1-iyuldan Toshkentdan Chorvoqqa 1226-sonli yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati.
«Mashinasozlar metrosi – Chorvoq» yo‘nalishida 47 yo‘lovchiga mo‘ljallangan zamonaviy MAN turistik avtobuslari xizmat ko‘rsatmoqda. Ushbu avtobuslar yuqori darajadagi qulayligi bilan ajralib turadi, konditsionerlar bilan jihozlangan va uzoq masofalarga mo‘ljallangan. Yo‘l haqini naqd pulda ham, bank kartasi orqali ham to‘lash mumkin. Bitta sayohat narxi – 25 000 so‘m.
Harakat jadvali:
- birinchi reys har kuni soat 06:00 da «Mashinasozlar» metro bekatidan jo‘naydi;
- harakatlanish oralig‘i – har 1,5 soatda;
- yo‘ldagi vaqt – 1 soat 30 daqiqa;
- so‘nggi reys Chorvoqdan 20:30 da jo‘nab ketadi va toshkent metrosida 22:00 da harakatni yakunlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Chorvoqda shisha osma ko‘prik paydo bo‘ladi. Inshoot qurilishi Xitoy va Turkiya mutaxassislari bilan muhokama qilinadi.
Izohlar