Surxondaryoda Telegram orqali noqonuniy diniy ta’lim bergan yigit qamaldi
Termiz shahrida Telegram’da guruh ochib, 37 kishiga noqonuniy diniy saboq berib kelgan 26 yoshli yigit 15 sutkaga qamaldi.
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullangan 27 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda MY5 telekanalining Markaziy studiya ko‘rsatuvida xabar berildi.
Qayd etilishicha, yigit 2024-yilning 2-iyulidan boshlab Telegram messenjerida “Qur’on va hatim” nomli guruh tashkil qilgan. U 300 ming so‘m evaziga 37 kishiga diniy saboq berib kelgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan ushbu diniy mazmundagi materiallar o‘rganib chiqilgan. Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasiga ko‘ra, ular hech qanday buzg‘unchilik va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi, davlat va konstitutsion tizimga qarshi diniy materiallar emasligi aniqlangan.
Biroq yigit Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-moddasiga asosan diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzgan. U jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.
Sud hukmi bilan yigitga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda sobiq ayolini do‘pposlab, sochini qirib tashlagan erkakka hukm o‘qildi 2024-yilda qancha fuqaro tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlangani ochiqlandi Farg‘onada voyaga yetmagan qiz o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qamaldi Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisini mashina urib yubordi Surxondaryoda opasini urib o‘ldirgan yigit qamaldi