Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi
Jo‘rayevlar ishida sud qarori o‘qildi. Sudda da’vogar Botir Qodirov yutib chiqdi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida xonanda Botir Qodirovning otalikni belgilash haqidagi da’vosi yuzasidan sud qarori o‘qildi. Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Botir Qodirovning javobgarlar Jo‘rayev Shoxjahon Sherali o‘g‘li va Jo‘rayev Zohirshox Sherali o‘g‘liga nisbatan otalik faktini belgilash haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. Marhum, 2023 yil 4 fevralda vafot etgan Sherali Jo‘rayev 1981 yil 5 mayda tug‘ilgan Qodirov Botir Sheraliyevichga nisbatan otalik fakti belgilansin, deya sud qarorini o‘qigan ishni ko‘rgan sudya.
Shuningdek, qarorda Botir Qodirovning Andijon shahar FHDYo bo‘limida 1983 yil 11 mart 12-son bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota ustuniga “Sherali Jo‘rayev, 1945 yil tug‘ilgan, millati o‘zbek” deb ko‘rsatish ham belgilangan.
Sudning hal qiluv qarori 1 oydan so‘ng kuchga kiradi. Qarordan norozi taraflar apellyatsiya shikoyati berishi mumkinligi aytilgan.
Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li Zohirshox Jo‘rayev hal qiluv qarori g‘ayriqonuniy ekanini, dalil va isbotlar yetarli bo‘lmay turib, bunday qarorga kelinganini, shu bois uning ustidan apellyatsiya shikoyati kiritilishini ma’lum qildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent dengizida baliq ovlaganlar tabiatga 41 mln so‘m zarar yetkazdi Namanganda sud raisi o‘rinbosari o‘zganing uyini o‘zlashtirib, sotib yubordi Surxondaryoda erkak oʻz onasini bolta bilan chopib oʻldirdi Alisher Usmonov ARD telekanaliga qarshi sudda yutib chiqdi Buxoroda erkak xotinining boshiga bolta bilan ogʻir jarohat yetkazdi