O‘zbekistonda 24-dekabr kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, tuman tushadi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuqdan 1 daraja issiqgacha, kunduzi 6–8 daraja iliq bo‘ladi.
Hududlar bo‘yicha ob-havo:
- Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarda tuman bo‘lishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-1 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
- Buxoro va Navoiyda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman bo‘lishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqgacha, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
- Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.Ba’zi joylarda tuman bo‘lishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, ayrim joylarda 7 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
- Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman bo‘lishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol tezligi 7-12 m/s. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqgacha, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
- Andijon, Namangan va Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman bo‘lishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol tezligi 5-10 m/s. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqgacha, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-8 daraja sovuq, kunduzi 5 daraja sovuqdan 0 darajagacha bo‘ladi.





















