Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf Al-Utaybiy elchi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunladi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
TIV rahbari Baxtiyor Saidov va Yusuf al-Utaybi uchrashuv o‘tkazdi. Unda tomonlar siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Yusuf al-Utaybiy 2021-yil noyabr oyidan beri Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Elchi janoblariga mamlakatimizdagi samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, prezident O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlik hamkorligini kengaytirish tarafdori. IT va sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.





















