Qator hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonning qator hududlarida elektr va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti.
Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqo‘rg‘on va Oqdaryo tumani hamda Samarqand shahri bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan. “H.A.” fermer xo‘jaligi, “R.F.” hamda “O.I.” MCHJlar mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 727,6 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Urganch, G‘uzor tuman bo‘limlari va Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu hududlardagi “B.O.”, “T.S.” va “Q.CH.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari elektr suv nasoslarini o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulab, jami 504,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “J.S.” MCHJ mas’ul shaxslari korxonaning umumiy ovqatlanish shoxobchasining elektr hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir o‘tkazib, 232,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Jizzaxda 3,7 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagan fermer xoʻjaligi aniqlandi Namanganda 2,1 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi Samarqandning 4 hududida 614 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi Samarqandda fermer xo‘jaligi salkam 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagani aniqlandi Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi