Ohangaron va Namanganda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Ohangaron va Namangan tumanlarida elektrdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi.
Ohangaron shahri va Namangan tumanida elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departamenti.
Unga ko‘ra, departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.J. “Birlik” MFY hududidagi xonadonda qog‘oz hamda plastmassa buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 290,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ibrat” MFY hududidagi noturar qurilish obyektida fuqarolar D.A. va A.A. elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, kompyuter xizmati ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, jami 138,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Yangiyo‘lda MChJ qariyb 275 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangani aniqlandi Namanganda 17 yoshli o‘quvchi boshqargan Gentra YTHga uchradi Namanganda oʻzganing behayo rasmlarini tarqatishini aytib pul talab qilgan shaxs ushlandi Namanganda sud raisi o‘rinbosari o‘zganing uyini o‘zlashtirib, sotib yubordi Namanganda haydovchi mashinasida 25 nafarga yaqin bolani olib ketayotgani aniqlandi