4 Sentabr 2024, 17:39 Oʻzbekiston

Paxtachida bir tup daraxt kesgan fuqaro 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida bir tup terak kesgan fuqaro 8,5 million so‘m jarimaga tortildi.

Paxtachida bir tup daraxt kesgan fuqaro 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berishicha, Paxtachi tumani hududida reyd kuzatuvi olib borish jarayonida, Tinchlik mahallasida yashovchi fuqaro M.R. mahalla hududida o‘sib turgan bir tup terak daraxtini o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan davlat inspektorlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 25 barobari miqdorida jarima (8,5 mln so‘m) belgilandi.

Shuningdek, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarari uchun 680 ming so‘m hisoblandi.

Mashhur yangiliklar