Buxoroda bir tup daraxtga shikast yetkazgan shaxs 9,5 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi
Buxoro shahrida manzarali aylanta daraxtiga shikast yetkazgan shaxs 9,5 mln so‘m jarimaga tortildi.
Buxoro viloyatida bir tup daraxtga shikast yetkazgan fuqaro 9,5 million so‘m to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Buxoro shahar “Havzinav” mahallasida yashovchi fuqaro X.B. o‘zi yashaydigan mahalla hududidan 1 tup manzarali aylanta daraxtini o‘sishdan to‘xtamaslik darajasigacha shikast yetkazgan. Ushbu holat yuzasidan daraxtga shikast yetkazgan fuqaroning mahalladoshlari Buxoro shahar bo‘limi inspektorlariga murojaat qoldirgan.
Murojaatni olgan shahar inspektorlari aytilgan manzilga borib, joyida o‘rgandi. Haqiqatdan ham 1 tup aylanta daraxtiga shikast yetkazilgani aniqlandi. Huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 8,5 mln so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 1,2 mln so‘m hisoblandi.