O‘zbekistonliklarni ketma-ket ikki kun davomida “xavflilik darajasi ekstremal” bo‘lgan ultrabinafsha nurlanish kutmoqda
Cho‘qqi tushlik vaqtiga to‘g‘ri keladi.

Meteonova ma’lumotlariga ko‘ra, 27 va 28-iyun kunlari Toshkent kuchli ultrabinafsha nurlanish bilan qoplanadi.
Ultrabinafsha nurlanishning cho‘qqisi soat 12:00 ga to‘g‘ri keladi va soat 14:00 ga yaqin pasayadi. Intensivlik 11 ballni tashkil etadi, bu ultrabinafsha nurlanishning «o‘ta xavfli sinfi» bo‘ladi. Xizmat mutaxassislari aholiga soya qidirishni va bino ichida bo‘lishni tavsiya qildi.

19-iyun kuni ultrabinafsha nurlanish intensivligi ham 11 ballni tashkil etadi. Eng yuqori cho‘qqi soat 13:00 atrofida bo‘ladi va 14:00 gacha pasayadi. Mutaxassislar quyoshda bo‘lmaslikni va imkon qadar himoya kremidan foydalanishni maslahat berishdi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonliklar issiqning kuchayishiga qanday dosh beradi?
FVV maslahatlar bilan bo‘lishdi.
Izohlar