9 Avgust 2024, 16:29 Oʻzbekiston

Energetika vazirligi isteʼmolchilarga noo‘rin qarzdorlik yozilayotgani bo‘yicha izoh berdi

Energetika vazirligi aslida haqdor bo‘lib, lekin qarzdor ko‘rinayotgan iste’molchilar bo‘yicha izoh berdi.

Energetika vazirligi isteʼmolchilarga noo‘rin qarzdorlik yozilayotgani bo‘yicha izoh berdi

O‘zbekistonda elektr energiyasi bo‘yicha ayrim isteʼmolchilarda aslida haqdor bo‘lsa-da, tizimda qarzdorlik ko‘rinishi holatlari uchramoqda. Energetika vazirligi holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi ishga tushirilayotgan HET Billing tizimida texnik ishlar olib borilyapti. Shu bois ayrim isteʼmolchilarda, aslida, haqdor bo‘lsa-da, tizimda qarzdorlik ko‘rinishi holatlari uchramoqda.

Mazkur holatda isteʼmolchilar tarmoqdan ajratilmaydi. Texnik ishlar yakunlangach, ushbu muammo bartaraf etiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” ham holatga izoh berib, yangi HET Billing dasturiy kompleksi dasturi va boshqa tо‘lov tizimlari о‘rtasida ma’lumotlarni yangilash bо‘yicha ishlar olib borilayotgani sababli balans ma’lumotlarida xatoliklar kuzatilayotganini ma’lum qildi.

Tо‘lov tizimlari bilan olib borilayotgan texnik yangilanishlar tez fursatlarda о‘z yakuniga yetishini bildirdi.

Mashhur yangiliklar