Andijonda 24 yoshli yigit o‘zini yoqib yubordi
Andijon shahrida 24 yoshli yigit ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi.
Andijon shahrida 31-oktabr kuni 24 yoshli yigit ustiga benzin quyib, o‘zini yoqib yubordi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro R.F. soat taxminan 22:40 larda ustiga benzin sepib, Ilg‘or mahallasidagi to‘yxonada joylashgan Paynet shoxobchasi yonida o‘zini yoqib yuborgan. Yigit ustiga benzin sepib, shoxobchaga kirgani, o‘zini yoqib yuborib, voqea joyida qaytib chiqqani hududda o‘rnatilgan videokameralar tushib qolgan.
U tanasining turli qismidan kuyish jarohatlarini olgan va RSHTYoIAM viloyat filialiga olib borilgan. Fuqaroga zarur tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan.
Bosh prokuratura axborot xizmatiga ko‘ra, hozirda o‘z joniga qasd qilish holatining sababi o‘rganilmoqda. Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro R.F. olgan tan jarohatlari bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda yigit onlayn qimor o‘yinida katta miqdordagi mablag‘ni boy bergani uchun o‘z joniga qasd qilgani aytilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Ikki viloyatda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi Shuhrat Abdurahmonov Andijon hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi Andijonda Ekologiya bo‘limi xodimi 20 ming dollar olayotganda ushlandi Andijonda aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan koʻmir talon-toroj qilindi Buxoro va Andijonda “valyutchik”lar ushlandi