Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston TIV rahbari Lyuksemburgning mamlakatdagi birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Tom Rayzenni qabul qildi.
Tom Rayzen janoblarini Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi Elchisi etib tayinlangani bilan tabriklaymiz. Darhaqiqat, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rganish va hayotga tatbiq etish uchun Tashqi ishlar vazirliklari birgalikda sa’y-harakatlarni kuchaytirishi lozim.
Ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, savdo ko‘lamini oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish, munosabatlarimizning huquqiy asoslarini takomillashtirish va boshqa masalalar bugungi kun tartibidan o‘rin oldi. Janob Elchiga yurtimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz, deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.
O‘zbekiston va Lyuksemburg o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 10 iyunda o‘rnatilgan.
16 oktyabr kuni Nikaragua va Ugandaning birinchi elchilari O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan edi.
Мавзуга оид хабарлар:
Venesuelaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi O‘zbekiston elchisi Niderlandiya qiroliga ishonch yorliqlarini topshirdi. O‘zbekiston va BAA Abu-Dabiga kiritilmagan o‘zbekistonliklar masalasini muhokama qildi O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi O‘zbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi tayinlandi