Andijonda aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan koʻmir talon-toroj qilindi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Andijon viloyatida imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan koʻmirni sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda “Koʻmir taʼminot” MChJning Paxtaobod tuman koʻmir ombori masʼul shaxslari oʻzaro til biriktirib, kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim boʻlgan 53,9 ming kg koʻmirni fuqaro M.T.ga 54 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda omborxona masʼul shaxslari jami 64,7 ming kg koʻmirni hech qanday hujjatsiz qimmat narxlarda sotib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Andijonda harakatdagi Lacetti’da yongʻin chiqdi Andijonda “peshexod”dan oʻtayotgan maktab oʻquvchisini mashina urib yubordi Farg‘ona va Andijonda suyultirilgan gaz va gaz ballonlari talon-toroj qilindi Aholiga tarqatilishi lozim bo‘lgan 50 tonna ko‘mirni sotgan ombor mudiri ushlandi Andijonda piyoda ayolni Damas urib ketdi