Uch yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyadan deport qilindi
Firibgarlikda ayblanib, uch yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Istanbulda qo‘lga olindi va deport qilindi.
Joriy yilda Turkiya va O‘zbekiston ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 43 yoshli ayol qo‘lga olingan. Bu haqda Istanbuldagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, R.Sh. firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2021 yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan. Ayol 7 sentabr kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga, Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi, deyiladi konsulxona xabarida.
Shuningdek, diplomatik muassasa jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettirilishini, jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanishini bildirgan.
Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda ko‘plab firibgarlik holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganini inobatga olib, fuqarolarimizdan firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz, deyiladi konsulxona axborotida.
Мавзуга оид хабарлар:
Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi Fuqarolarga qarzdorligini “nol” qilib berishini aytgan gazchi va hisobchi ushlandi Surxondaryoda 19 kishini chuv tushirgan firibgar qamaldi Toshkent viloyatida qidiruvdagi ayolning jasadi kanaldan topildi Toshkentda fuqaroni xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi