Haydovchilarga onlayn ruxsatnoma asosida avtomobilni jarima maydonchasidan olib ketishga ruxsat beriladi
Xohlovchilar barchasini eski sxema bo‘yicha amalga oshirishlari mumkin.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi Vazirlar Mahkamasining jarima maydonchalarining ishlash tizimini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarori loyihasini taqdim etdi.
Avtomobilni jarima maydonchasidan olish uchun onlayn ruxsatnoma joriy etish rejalashtirilgan. Xizmat 1-avgustdan boshlab Davlat xizmatlari portallari va YHXBning mobil ilovalari orqali ishga tushishi kerak. Onlayn tartib-taomil uchun arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha alohida ma’muriy reglament tasdiqlanadi.
Ruxsatnoma berishning an’anaviy usuli saqlab qolinadi, avtomobil egalari YHXBga og‘zaki va yozma ravishda murojaat qilishlari ham mumkin bo‘ladi.
Loyihada aniqlik kiritilishicha, IIV va Raqamli texnologiyalar vazirligi tuzilmalarida loyihani amalga oshirish 20-iyulga qadar yakunlanadi, bu esa texnik jihatdan jarayon deyarli tayyorligini ko‘rsatadi.
Avvalroq O‘zbekistonda kuniga 19 mingta qoidabuzarlik qayd etilayotgani haqida xabar berilgandi. Bir oy ichida 70 mingga yaqin mashina jarima maydonchasiga jo‘natildi.
Izohlar