Buxoroda bitta daraxt kesgan fuqaro 100 tup daraxt ekadigan bo‘ldi
Huquqbuzar fuqaroga nisbatan 9 mln so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
Buxoro viloyatining Jondor tumanida1 tup daraxt kesgan fuqaroga 100 tup manzarali daraxt ekish majburiyati yuklatildi.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, fuqaro J.Sh. o‘zi yashaydigan mahalla hududidan 1 tup manzarali daraxtni qurigan deb, o‘zboshimchalik bilan kesib tashlagan.
Ushbu holat yuzasidan daraxtni kesgan fuqaroning mahalladoshlari Jondor tuman inspeksiyasi inspektorlariga qo‘ng‘iroq qilib, murojaat qoldirgan. Murojaatni olgan tuman inspektorlari aytilgan manzilga borib, qurigan deb kesilgan daraxtni maxsus o‘lchovchi asbob (vlagamer) yordamida o‘lchaganda daraxt qurimagani aniqlangan.
Huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 9 million 180 ming so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. Shuningdek, 1 tup daraxt o‘rniga kuz mavsumida 100 tup manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish hamda 3 yil parvarish qilish bo‘yicha kafolat xati olindi.
Мавзуга оид хабарлар:
Buxoroda bir tup daraxtga shikast yetkazgan shaxs 9,5 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi Xorazmda 4 tup pavlovniya daraxtini kesgan shaxs 27 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlagan shaxs jarimaga tortildi Paxtachida bir tup daraxt kesgan fuqaro 8,5 mln so‘m jarimaga tortildi Notoʻgʻri yozilgan avto jarimalar ustidan shikoyat yoʻllash mumkin boʻladi