31 Avgust 2024, 15:23 Sport

Para yengil atletikachi Elbek Sultonov oltin medalga ega chiqdi

Para yengil atletikachi Elbek Sultonov O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni keltirdi.

Para yengil atletikachi Elbek Sultonov oltin medalga ega chiqdi

Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F12 klassida yadro uloqtirish bahslari yakunlandi.

Ushbu yo‘nalishda startga chiqqan o‘zbekistonlik Elbek Sultonov 16.45 metr natija qayd etgan holda delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.

Qayd etish lozimki, ushbu natija sportchining faoliyatidagi shaxsiy rekordi hisoblanadi.

Mashhur yangiliklar