31 Avgust 2024, 17:54 Sport

Mohigul Hamdamova Paralimpiya o‘yinlari bronza medalini qo‘lga kiritdi

Paralimpiyachi Mohigul Hamdamova disk uloqtirish bahslarida 32,75 metr natija bilan bronza medali sohibiga aylandi.

Mohigul Hamdamova Paralimpiya o‘yinlari bronza medalini qo‘lga kiritdi

Mohigul Hamdamova F57 klassida disk uloqtirish (o‘tirgan holda uloqtirish) bo‘yicha bronza medali sohibiga aylandi. Uning eng yaxshi natijasi 32,75 metrni tashkil etdi. Eslatib o‘tamiz, u nayza uloqtirish bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya chempioni hisoblanadi.

Uning xitoylik raqibi Ksu Mian 6 sm yaxshiroq natija ko‘rsatdi: 32,81 metr va kumush medal.

2012 va 2016-yillarda ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lgan jazoirlik Nassima Saifi 35,55 metr natija bilan Paralimpiya rekordini (33,33 m) yangilab, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, u 35,76 metr masofa bilan jahon rekordchisi hisoblanadi.

O‘zbekiston 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan medallar jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Mashhur yangiliklar