27 Avgust 2024, 11:56 Oʻzbekiston

Zangiotada Damas to‘liq yonib ketdi

Toshkent viloyatida harakatlanib ketayotgan Damas to‘liq yonib ketdi.

Zangiotada Damas to‘liq yonib ketdi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida Damas to‘liq yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2024-yilning 26-avgust kuni soat 15:30 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani “Qirguzar” MFY Nazarbek temir yo‘li ko‘prigi ostida “Turkiston-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan haydovchi 1990-yilda tug‘ilgan U. M. boshqaruvidagi Damas salon qismida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in oqibatida avtomobil to‘liq yonib ketgan. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan. Harakat vaqtida avtomobilda yo‘lovchi bo‘lmagan.

Ushbu yong‘in oqibatida hech qaysi harakat ishtirokchisi sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Holat yuzasidan Zangiota tumani FVB YOXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mashhur yangiliklar