16 Avgust 2024, 11:20 Oʻzbekiston

YHXB yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalardan bir qo‘lini baland ko‘tarishni so‘radi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l harakati qatnashchilariga tavsiya bilan chiqdi.

YHXB yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalardan bir qo‘lini baland ko‘tarishni so‘radi

Endilikda, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotganda — piyodalardan o‘ng yoki chap qo‘llarini baland-baland ko‘tarishlari, avtomashinalar to‘xtaganidan keyin yo‘ldan o‘tishlarini tavsiya qilamiz, deyiladi YHXB axborot xizmati tarqatgan videoda.

Shuningdek, poytaxt YHXB haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida, piyodalarga yo‘l berishlarini, so‘ragan.

Mashhur yangiliklar