2 Sentabr 2024, 16:23 Oʻzbekiston

Uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi

Oʻzbekistonda sud qarorisiz va uy egasiga oldindan kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi.

Uy egasiga kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joyni buzish taqiqlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni qonun hujjatlariga xususiy mulk huquqini himoya qilish boʻyicha yangilangan Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish boʻyicha oʻzgartirishlarni imzoladi.

Hujjat bilan Uy-joy kodeksi, Shaharsozlik kodeksi va “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Uy-joy kodeksida “hech kim sudning qarorisiz va qonunga muvofiq boʻlmagan holda oʻz uy-joyidan mahrum qilinishi mumkin emas” deb belgilandi.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻz uy-joyidan mahrum boʻlgan mulkdorga uy-joy qiymati va unga yetkazilgan zararning oldindan va teng miqdorda qoplanishi taʼminlanadi.

Uy-joy kodeksida uy-joyning tashqi koʻrinishini oʻzgartirish, qayta qurish yoki buzish shaharsozlik qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilishi belgilanmoqda. Ilgari bunday harakatlarga hokimliklarning tegishli ruxsati mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyilishi koʻrsatib oʻtilgan edi.

Shaharsozlik kodeksiga zilzilabardosh hududlarda bino va inshootlarni loyihalash va qurishda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishni taqiqlovchi yangi norma kiritilmoqda.

Mashhur yangiliklar