Toshkentda qalbaki AQSH dollarlari sotayotganlar ushlandi
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahrida qalbaki AQSH dollarlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida Yunusobod tumanida joylashgan “Universam dehqon bozori” oldida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar N.R., X.A. (muqaddam sudlangan) va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Toshkent tumanida yashovchi S.M.dan olib kelgan 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 10 000 AQSH dollarini fuqaro A.O.ga haqiqiy 7 200 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ushlangan.
Shuningdek, X.A.ning yonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan yana 75 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Мавзуга оид хабарлар:
Toshkent shahri transport bosh boshqarmasiga yangi rahbarlar tayinlandi Toshkentdagi ikkita koʻchada harakat qariyb 20 kunga cheklanadi Toshkentda isitish quvurida avariya yuz berdi Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi Andijonda giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlayotgan shaxslar ushlandi