15 Iyul 2024, 11:27 Oʻzbekiston

Toshkent viloyatidagi koʻp qavatli uyda yongʻin chiqdi

Olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida xonadonning 50 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Toshkent viloyatidagi koʻp qavatli uyda yongʻin chiqdi

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Nurafshon shahridagi koʻp qavatli uyda sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 15-iyul kuni soat 01:37 da 1-yongʻin qutqaruv qismining dispetcherlik xizmatiga 16 qavatli uyning xonadonlaridan birida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan yongʻin oʻchirish ekipajlari soat 01:44 da yongʻin joyiga yetib borib, alanga soat 02:05 da toʻliq oʻchirilgan. Talafot oqibatida xonadonning 25 kvadrat metr maydoni zararlangan.  Olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida xonadonning 50 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yongʻin joyi koʻzdan kechirilganda xonadonda hech qanday portlash alomatlari yoʻqligi maʼlum boʻlib, yongʻin kelib chiqishining taxminiy sababi elektr uskunalaridagi nosozlik deb baholanmoqda. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoq.

Mashhur yangiliklar