6 Sentabr 2024, 10:15 •Oʻzbekiston
Toshkent va yana ikki viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
Sirdaryo viloyatidan 310 va Namangan viloyatidan 38,8 gektar yer maydonlari Toshkent viloyati hududiga o‘tkaziladi.
Toshkent viloyatining Sirdaryo va Namangan viloyatlari bilan chegara hududlariga o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan taklif etilgan qaror loyihasi taqdimotida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, viloyatlararo chegara chiziqlarini bir chiziqqa keltirish maqsadida quyidagi o‘zgarishlar taklif qilinmoqda:
- Sirdaryo viloyatining 5 ta (Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston, Boyovut tumanlari va Shirin shahri) hududidan 310,4 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;
- Toshkent viloyatining 6 ta (Chinoz, Quyi Chirchiq. Oqqo‘rg‘on, Bo‘ka, Bekobod tumanlari va Bekobod shahri) hududidan 347,2 gektar yer maydoni Sirdaryo viloyati hududiga o‘tkazilishi (o‘rtadagi farq 36,8 ga);
- Namangan viloyatining Pop tumani hududidan jami 38,8 gektar yer maydoni Toshkent viloyati hududiga o‘tkazilishi;
- Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan jami 26,3 gektar yer maydoni Namangan viloyati hududiga o‘tkazilishi (o‘rtadagi farq 12,5 ga).
Qaror loyihasi mahalliy kengash deputatlari tomonidan ma’qullangan.
Мавзуга оид хабарлар:
Sirdaryoda 6 ta mashina to‘qnashib ketdi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir nazorat-o‘tkazish punkti ochiladi Sirdaryoda noqonuniy baliq ovlagan shaxs jarimaga tortildi Ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimining oilasiga 340 mln soʻm undirib berildi Toshkent viloyatidagi ochiq dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi
Soʻnggi yangiliklar
YIning O‘zbekistondagi yangi elchisi o‘z vazifasiga kirishdi
11 Sentabr 2024, 19:26O‘tgan 7 oyda salkam 765 mingta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgani aniqlandi
11 Sentabr 2024, 18:21Oʻzbekistonda qoramollarda yuqumli kasallik avj olgani haqida xabarlar tarqaldi
11 Sentabr 2024, 17:37Tojikiston fuqarolari Rossiyaga bormaslikka chaqirildi
11 Sentabr 2024, 16:53Qirgʻiziston Prezidenti oʻzbekistonlik boks murabbiyiga Tracker sovgʻa qildi
11 Sentabr 2024, 16:18Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi
11 Sentabr 2024, 15:40Termizdagi “zapravka”larga vaqtincha gaz yetkazib berilmaydi
11 Sentabr 2024, 15:03Namanganda 426 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan savdo doʻkoni aniqlandi
11 Sentabr 2024, 14:33