9 Noyabr 2024, 09:20 •Oʻzbekiston
Toshkent ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi oqibatida 3,5 ming xonadon gazsiz qoldi
Toshkent shahrida qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetkazildi.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida 8-noyabr kuni ekskavator yordamida qazish ishlari olib borilayotganda, ehtiyotsizlik oqibatida o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetkazilgan. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Natijada Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli binolardagi 2400 ta va 1100 ta yerli xonadon vaqtincha tabiiy gaz tarmog‘idan o‘chirildi.
Shuningdek, Mirobod tumanining Nukus, Abdulla Qahhor, Damariq va Hamid Sulaymon ko‘chalari isteʼmolchilari ham gaz tarmog‘idan o‘chirilgan.
Taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanishi aytildi.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
O‘zbekistonda kino, serial va qo‘shiqlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi
12 Noyabr 2024, 19:10Oʻzbakistonda kommunal to‘lovlarni undirish tartibi o‘zgarmoqda
12 Noyabr 2024, 18:33Jizzaxda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining materiallarini tarqatib kelgan shaxs qamaldi
12 Noyabr 2024, 17:54Lyuksemburgning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi
12 Noyabr 2024, 17:21O‘zbekistonda XMTning yana bir konvensiyasi ratifikatsiya qilindi
12 Noyabr 2024, 16:36Tayson blogerga qarshi jangdan qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi
12 Noyabr 2024, 15:582027-yilga borib O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 20 mlrd dollarga yetishi mumkin
12 Noyabr 2024, 14:38