Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini kaltakladi
Bolalar ombudsmani holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda joylashgan Sa’di Sirojiddinov nomidagi akademik litseyda o‘qituvchi o‘quvchining yuziga ayovsuz urgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, videodagi holat 16-may kuni sodir bo‘lgan. Poytaxtning Chilonzor tumanidagi tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashgan Sa’di Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyida o‘quvchi J.M. (2007-yilda tug‘ilgan) fanga tayyorgarlik ko‘rmagani va o‘qituvchi M.A. (1997-yilda tug‘ilgan) bir necha bor ogohlantirsa-da, bola tartibga kelmagani uchun o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, o‘qituvchi o‘quvchining yuz qismiga qo‘li bilan qattiq urgani aniqlangan.
Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.