12 Noyabr 2024, 09:27 •Oʻzbekiston
Toshkentda Lacetti va avtobus to‘qnashib ketdi
Hodisa oqibatida yengil mashinani boshqargan haydovchi ayol tan jarohati olgan.
Toshkent shahrining Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi, “Sanʼat muzeyi” qarshisida 11-noyabr kuni soat 19:50 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, haydovchi 1985-yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvida bo‘lgan King Long avtobusi va haydovchi (ayol) 1992-yilda tug‘ilgan N.X. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomashinasi to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Мавзуга оид хабарлар:
Soʻnggi yangiliklar
Abduqodir Husanov O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylandi
10 Dekabr 2024, 19:23Qariyb 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotayotgan shaxslar ushlandi
10 Dekabr 2024, 18:47Suriyadagi vaziyatni yoritayotgan o‘zbekistonlikka nisbatan qidiruv e’lon qilindi
10 Dekabr 2024, 18:16Uzbekistan Airways Yangi yil arafasida talabalar uchun chegirma e’lon qildi
10 Dekabr 2024, 17:40Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
10 Dekabr 2024, 17:04O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
10 Dekabr 2024, 16:22Toshkentda olib qochilgan Nexia-3 Fargʻonadan topildi
10 Dekabr 2024, 15:29O‘zbekistonda yana 5 ta yangi IES o‘z ishini boshlaydi
10 Dekabr 2024, 14:32