2 Sentabr 2024, 08:17 Oʻzbekiston

“Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi

Jarayonlarda O‘zbekiston bo‘ylab 9 mln 81 mingta ovoz berildi.

“Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi

Open budget portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2024-yildagi 2-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 2 trln 139 mlrd so‘mlik 1772 ta loyiha g‘olib deb topildi. Jarayonlarda mamlakatimiz bo‘ylab 9 mln 81 ming 610 ta ovoz berildi.

G‘oliblar allaqachon g‘alabani nishonlashni boshlab yuborishgan.

Ma’lumot uchun, mavsumga 6-iyuldan start berilgandi. Loyihalar kiritish 6−26-iyul kunlari, ularni saralash 26-iyul-15-avgust hamda targ‘ibot qilish 15-avgust-22-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan. Ovoz berish bosqichi esa 31-avgust kuni yakunlandi.

Mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln 271 mlrd 719 mln so‘m ajratildi.

Mashhur yangiliklar