Talabalar uchun kontrakt pulini to‘lash muddatlari belgilandi
O‘zbekistonda talabalarning 2024/2025-o‘quv yili uchun kontrakt pulini to‘lash muddatlari belgilandi.
O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun to‘lov muddatlari belgilandi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki O‘zbekiston taʼlim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha amalga oshirishi kerak.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha belgilandi.
To‘lov miqdorining kamida 50 foizini 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki OTM rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha to‘lash lozim.
Vazirlikning bildirishicha, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
Мавзуга оид хабарлар:
AQShda qancha o‘zbekistonlik talaba tahsil olayotgani aytildi O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda xalqaro universitet ochiladi O‘zbekistondagi OTMda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari o‘qiyotgani aytildi To‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi Magistraturaga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi