4 Sentabr 2024, 18:52 Oʻzbekiston

Surxondaryoda noqonuniy tarzda tabiiy qum qazib olinayotgani aniqlandi

Angor tumanida noqonuniy tarzda tabiiy qum qazib olinishi oqibatida tabiatga 1,6 mlrd so‘m zarar yetkazildi.

Surxondaryoda noqonuniy tarzda tabiiy qum qazib olinayotgani aniqlandi

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida tabiiy qum xomashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro M.Ch. tegishli tartibda ruxsatnoma olmasdan tumandagi “Qoraqir” mahallasi hududidagi yer maydonidan maxsus texnikalar yordamida 18,9 ming kub hajmdagi tabiiy qum xomashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,6 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mashhur yangiliklar